Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan “O‘zbekgeofizika"ga qarashli klinik shifoxona auksionga qo‘yildi.
Lotning boshlang‘ich bahosi 79,7 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 3,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Bino 2012-yili qurilgan bo‘lib, 130 ta xonadan iborat. Yer uchastkasining umumiy maydoni 2,6 ga, binoning umumiy maydoni esa 4445 kv.metrdan iborat.
Unda gaz, suv, elektr energiyasi hamda kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni 2023-yilning 23-yanvar kuni soat 09:00 gacha jo‘natihs mumkin hamda shu kuni soat 10:00 da auksion boshlanadi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Bo‘stonliqdagi “Anhor sayli” dam olish oromgohini auksionga qo‘ygandi.