“Mahalla budjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yildan soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan 14 ta tumanda “Mahalla budjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.

Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer solig‘i (noturar joylar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘i bundan mustasno) bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10%i hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.

2023-yilning 1-martigacha mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan mablag‘lar va soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi.

Keltirilishicha, “Mahalla budjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablag‘lar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonunda nazarda tutilgan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan boshqariladi.

“Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladigan va soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlar ro‘yxati:

Tartib raqami
Hudud nomi
Tuman nomi
1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Beruniy
2
Andijon viloyati
Andijon
3
Buxoro viloyati
Olot
4
Jizzax viloyati
Zomin
5
Qashqadaryo viloyati
Qarshi
6
Navoiy viloyati
Karmana
7
Namangan viloyati
Uychi
8
Samarqand viloyati
Urgut
9
Surxondaryo viloyati
Jarqo‘rg‘on
10
Sirdaryo viloyati
Sayxunobod
11
Toshkent viloyati
Bo‘ka
12
Farg‘ona viloyati
Bag‘dod
13
Xorazm viloyati
Bog‘ot
14
Toshkent shahri
Uchtepa

Prezidentning Oliy Majlisga qilgan murojaatida mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla budjeti” tizimini joriy etish haqida ilgari surilgandi.