“Utair” aviakompaniyasi keyingi yilning 16-yanvaridan Samaradan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda “Samru” nashri xabar bermoqda.
Parvozlar “Kurumoch” aeroporti orqali Boeing 737 samolyotlarida yo‘lga qo‘yilib, parvoz davomiyligi uch soatni tashkil etadi.
Aviqatnov haftada bir marotaba — dushanba kunlari quyidagi jadval asosida (mahalliy vaqt bilan) amalga oshiriladi:
- Samaradan jo‘nab ketish — 13:20, OSamarqandga kelish — 17:20;
- Samarqanddan jo‘nab ketish — 18:20, Samaraga kelish — 20:20.
Joriy yilning aprel oyida kompaniya Toshkentdan Tyumen va Surgutga parvozlarni yo‘lga qo‘ygandi. Iyun oyiga kelib, Moskva va Samarqand oʻrtasida havo qatnovini boshladi.
14-noyabrdan kompaniya Moskvadan Samarqandga parvozlar sonini oshirishi ma’lum qilingandi. Xususan, reyslar haftasiga toʻrt marta — dushanba, seshanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.