AKT vaziri Sherzod Shermatov Hindistonning “Acharya” universiteti direktori Vishesh Chandrashekar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro IT-ta'lim sohasida hamkorikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Xususan, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari sohasida ta’limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir yaratishni ko‘zda tutuvchi IT-klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu IT-klaster o‘z ichiga 5 600 o‘ringa mo‘ljallangan univestitet, 100 o‘ringa mo‘ljallangan inkubatsiya markazi va 50 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy xizmatlar eksport markazi, 1 435 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi va xodimlar uchun mehmonxona, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport komplekslarini o‘z ichiga olish rejalashtirilgan.

Oktabr oyida Hindistonning “Acharya” institutlar tarmog‘i Buxoroda xalqaro universitet tashkil etishi shartnoma ma’lum qilingandi.

Shu maqsadda uchrashuvda ham ushbu yo‘nalishda ishlarni davom ettirish, hamkorlikda yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.


Avvalroq “Spot” Bangladesh IT-kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.