Joriy yilning 11 oyi davomida Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar tomonidan 44,8 mlrd so‘m soliq to‘langan, deya xabar bermoqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

1-dekabr holatiga, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 40 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan.

Bunda, toʻlangan soliqlarning 98%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.

Unga ko‘ra, “Meta”, “Google” va “Apple” kompaniyalari mamlakatda eng ko‘p soliq to‘lovchi xorij kompaniyalari ro‘yxatida kuchli uchlikni egallagan.

Xorijiy kompaniyalar
To‘langan soliq miqdori

Meta
18,6 mlrd so‘m
Google
14,8 mlrd so‘m
Apple
6,2 mlrd so‘m
Вooking.соm
1,4 mlrd so‘m
Netflix
867,7 mln so‘m
Xsolla
798,1 mln so‘m
Yandex
445,5 mln so‘m
Paddlе.сom
404,2 mln so‘m
LinkedIn
234,1 mln so‘m
Adobe Systems
180,3 mln so‘m

Avvalroq “Yahoo! Finance” yirik IT-kompaniyalarning joriy yil boshi va dekabr oxiridagi qimmatli qog‘ozlari qiymatini solishtirgandi.

Unga ko‘ra, “Apple” aksiyalari narxi 25,49%, “Microsoft” 27,34%, “Tesla” 60,62% va “Meta” kompaniyasiniki 64,41%ga tushib ketgan.


Avvalroq “Spot” joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida sohalardagi soliq tushumlariga oid ma’lumotlari haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, savdo sohasida 12,7 trln so‘m soliq to‘langan bo‘lib, eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya 145,8 mlrd so‘m bilan “UNG PETRO” bo‘ldi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida to‘langan soliqlar hajmi 9,9 trln so‘mni tashkil etib, 724,3 mlrd so‘m soliq to‘lovi bilan “O‘zbektelekom” yetakchiga aylandi.

Umumiy ovqatlanish sohasida jami to‘langan soliqlar hajmi 767 mlrd so‘mdan oshdi. Bunda yetakchilikni 30,6 mlrd so‘m soliq to‘lovlari bilan “International Foodchain” (“KFC”) kompaniyasi egallab turibdi