“Sistema PBO” Adliya vazirligiga ikkita tovar belgisi — “Mazali va nuqta” va “Lazzatli va nuqta"ni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qildi. Ikkala nom ham “Vkusno-i Tochka” deb tarjima qilinadi.
Tegishli yozuvlar Intellektual mulk departamenti maʼlumotlar bazasida 28-dekabr kuni 20227184 va 20227186 raqamlari ostida roʻyxatdan oʻtkazgan. Kompaniya bir vaqtning oʻzida barcha toifalar boʻyicha arizalarni topshirgan.
“SBIS” kontragentlari reestriga koʻra, “Sistema PBO” restoran sanoatida ishlaydi va “Vkusno-i Tochka” tez ovqatlanish tarmogʻiga egalik qiladi.
Ushbu brend ostida “McDonald's” korxonalari Rossiyada brendga egalik qiluvchi kompaniya mamlakatdan ketganidan keyin ishlaydi.
“Sistema PBO” bosh direktori Oleg Paroevning ta’kidlashicha, “Vkusno-i Tochka” bu nafaqat Amerika tarmogʻining barcha joylarining ishini qayta tiklash, balki tarmoqni kengaytirishni ham rejalashtirmoqda.
Avvalroq kompaniya bosh direktori Oleg Paroev “Vkusno-i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.
Avvalroq “Spot' Rossiyaning “Yobidoyobi” sushi va rollarni yetkazib berish tarmog‘i Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.