Prezidentning tegishli farmon bilan bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, Bexzod Anvarovich Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri , Sherzod Davlyatovich Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bexzod Musayev 1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2004-yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Bexzod Musayev 2018−2020 yillarda Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi, 2020−2021-yillarda bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari lavozimlaarida ishlagan.

Mazkur lavozimgacha u 2021-yildan sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Sherzod Kudbiyev 2003-yilda Fargʻona politexnika institutini tugatgan. U 2018−2019-yillarda mehnat vaziri, 2019−2020-yillarda prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Tayinlovgacha Kudbiyev 2020-yildan shu kungacha davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangi tayinlovlar haqida batafsil roʻyxat bu yerda.