Rossiyaning yirik savdo markazlarida 150 ga yaqin xorijiy brendlarning do‘konlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, deya xabar berdi “Vedomosti” nashri.
Lekin bunda sanksiyalardan qochish uchun turli sxemalardan foydalanishgani ta’kidlanmoqda. Ba’zilar, rebrendingni amalga oshirdi, ayrimlari qaytarib sotib olish majburiyatlari bilan biznesini sheriklarga sotdi.
Huddi shunday shart bilan “Nissan” kompaniyasi Rossiyadagi aktivlarini olti yil ichida qayta sotib olish imkoniyati bilan ramziy 1 yevroga Sanoat va savdo vazirligiga bo‘ysunuvchi korxonaga o‘tkazib bergandi.
2022-yil boshida Rossiyada 360 dan ortiq xorijiy riteyler faoliyat yuritgan boʻlsa, ulardan 180 tasi Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan.
“CORE.XP” kompaniyasi ma’lumotiga koʻra, 2022-yil oxirida oʻz faoliyatini toʻxtatish yoki biznesni qayta qurish haqida eʼlon qilgan xorijiy riteylerlarning ulushi 28%ni tashkil qiladi.
Kompaniya eksperti Nadejda Tsvetkovaning fikricha, “IKEA” va “H&M” brendlar guruhining ketishi Rossiya savdo markazlari egalari uchun eng sezilarli ta’sir koʻrsatgan.
“Nikoliers” hamkori Anna Nikandrovaning fikricha, chakana mulk egalari rus brendlarining salohiyatini kam baholagan.
Kiyim-kechak segmentida mahalliy kompaniyalar kuchli jahon brendlari bilan raqobat boʻlmaganda o’z bizneslarini kengaytirishga muvaffaq boʻlishdi va endi ular yirik savdo markazlarida eng yaxshi hududlarni egallash imkoniyatiga ega.
“Bundan tashqari, savdo markazlarining oʻzlari yaqin mamlakatlarning yangi brendlari assortimentini kengaytirish va doʻkonlarini ochishdan manfaatdor”, — deya qoʻshimcha qiladi “NF Group” chakana savdo departamentining mintaqaviy direktori Yevgeniya Xakberdieva.
Mutaxassislarning takidlashicha, parallel import ham ishlashda davom etmoqda. 2022-yilda u orqali $20 mlrd.dan ortiq mahsulot import qilingan.