Londonning “ICE” birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, haftaning va yilning birinchi ish kunida Yevropada gaz narxi 1000 kub metr uchun $800dan past bo‘lib, fevral oyi darajasida sotilmoqda, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
TTF indeksi bo‘yicha fevral fyucherslari har 1000 kub metr uchun $777,3dan (-8%) savdolarni ochdi. Va ularning narxi Moskva vaqti bilan 10:03 holatiga ko‘ra $790,5 (-6,4%).
Kotirovkalar dinamikasi avvalgi savdo kuni, juma kungi hisob-kitob narxiga asoslanadi va har ming kub metr uchun $844,3ni tashkil etdi.
Gaz narxi 27-dekabrda 2022-yil 13-iyundan beri birinchi marta $900dan pastga tushganidan keyin, 10 oy ichida birinchi marta 30-dekabrda 1000 kub metr uchun $800dan pastga tushdi.
Yevropada gaz narxi iyun oyidan beri birinchi marta 18-oktabrda $1200 dan pastlagandi. Keyinchalik oy oxirida narx $1000 dan pastlab, $953 ga baholangandi.
19-dekabr kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari gazning maksimal ayirboshlash narxini belgilashga kelishib oldi.
U bir MVt/soat uchun 180 yevroni tashkil etadi (joriy kurs bo‘yicha 1000 kub metr uchun deyarli $2000) va 15 fevraldan kuchga kiradi. Ushbu chora Yevropa uy xo‘jaliklari va korxonalarini gaz narxining oshishidan himoya qilishga qaratilgan.
Avvalroq “Spot” Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muhokama qilayotgani haqida yozgandi.