Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Chilonzor tumani, Novza ko‘chasidagi sobiq ma’muriy bino va inshootlarini sotuvga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 24 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 1,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Bino va inshootlarning egallagan umumiy maydoni 3449 kv.metrni tashkil etadi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni esa 2,6 ga dan iborat binoda elektr energiyasi, suv va kanalizatsiya bor.

Lotda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 24-yanvar, soat 09:00 gacha jo‘natish kerak. Auksion shu kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi.


Avvalroq “Spot” Surxondaryodagi “Sho‘rtanneftgaz-Tekstil” korxonasining 100% davlat ulushi sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.