2022-yil fevralida Ukrainada urush boshlanganidan keyin eng faol rossiyalik mutaxassislar va tadbirkorlar MDH davlatlari — Armaniston, Qozog‘iston, O‘zbekistonga jo‘nab ketishdi, deya xabar bermoqda “Forbes” nashri.
“Bu mamlakatlar vizasiz kirish imkoniyati, joylarda nisbatan oson qonuniylashtirish va ruslarga doʻstona yoki neytral munosabatda boʻlgan emigrantlarni jalb qildi”, — deydi “The Untitled Ventures” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori va hammuassisi Konstantin Sinyushin.
Xususdan, Armaniston eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylangan. Bu yerga Rossiyadan yuzlab kompaniyalar ko‘chib kelgan, deydi “Potok Digital” investitsiya platformasining sobiq boshqaruvchi direktori va 2022-yil fevral oyidan beri korxonalarga ko‘chirish bo‘yicha maslahat berib kelayotgan “Khachen.Consulting” asoschisi Armen Minasyan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston esa rossiyalik tadbirkorlar uchun boshqa asosiy emigratsiya markazlariga aylandi. Bunga ularning Rossiyaga hududiy yaqinligi, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari yordam berdi.
1-apreldan O‘zbekistonda investorlar, IT-kompaniyalar ta’sischilari, axborot texnologiyalari mutaxassislari va ularning oila a’zolari uchun uch yillik IT-vizalar berila boshlandi.
“Qozog‘istonda rossiyalik startaplarga ham yashil chiroq yoqilmoqda”, — deydi dasturlashni o‘rgatuvchi “Zerocoder” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Kirill Pshinnik.
Kirill Pshinnikning fikricha, O‘zbekiston va Qozog‘istonni istiqbolli bozorlar sifatida tanilmoqda.
Avvalroq “Immigrant House” kompaniyasi mutaxassislari rossiyaliklar qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani va qayerga immigratsiya qilish oson ekanligini tahlil qilgani haqida yozgandi.
Maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning o‘n oyida Oʻzbekistonga 395 ming rossiyalik sayyohlik maqsadida kelgan.
Rossiya fuqarolari O‘zbekiston chegarasini amaldagi xorijiy pasport bilan kesib o‘tishlari, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan holda uning hududida olti oy qolishlari mumkin.
Avvalroq “Spot” Rossiya MDH mamlakatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar boʻyicha yetakchilik qilayotgani haqida yozgandi.