Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq, tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratilishi bo‘yicha prezident farmoni qabul qilingandi.

Hujjat bilan, 2023-yildan respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 toifaga ajratilib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

Unga ko‘ra, aholi va tadbirkorlarga quyidagi jamg‘armalar hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan:

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan

Biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari
Tuman/shahar toifalari
1
2
3
4
5
— Sug‘orish vositalarini xarid qilishga;
— Ishsiz, kam ta’minlangan va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish.
BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘m)
BHMning 12 baravarigacha (3,6 mln so‘m)
BHMning 15 baravarigacha (4,5 mln so‘m)
Hunarmandlarga shogird tayyorlash, xomashyo sotib olish va ish haqi bilan ta’minlash maqsadida
BHMning 2 baravarigacha (600 ming so‘m)
BHMning 4 baravarigacha (1,2 mln so‘m)
BHMning 5 baravarigacha (1,5 mln so‘m)
Shogirdlarga: asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishga
Ustalarga: internet saytlarini tashkil etish, mahsulotlarni elektron savdo maydonlariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun

Xarajatlarning 50%i biroq BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘m)

Xarajatlarning 75%i biroq BHMning 30 baravarigacha (9 mln so‘m)

Bitiruvchilarga NTTga sarflangan xarajatlarning har bir bitiruvchi hisobiga 1 mln so‘mdan oshmagan holda kompensatsiya qilish uchun
Xarajatlarning 70%i
80%
100%

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan

Yo‘nalishlar
Tuman/shahar toifalari
1, 2, 3
4, 5
Tomorqalarda aholini kooperatsiya va kasanachilik ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga:
  • parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa, yemi va dori vositalari;
  • uzum ko‘chati va tog‘ so‘risi;
  • asalari oilasi, uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
  • quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
  • baliq chovoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish uchun har bir fuqaro uchun subsidiya ajratish.
BHMning 20 baravarigacha (6 mln so‘m)
BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘m)
Umumiy qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga kamida 3 ta xodimni yollagani uchun
BHMning 15 baravarigacha (4,5 mln so‘m)
BHMning 20 baravarigacha (6 mln so‘m)

Ta’kidlanishicha, mazkur jamg‘armalar hisobidan beriladigan boshqa subsidiyalar bo‘yicha amaldagi tartiblar saqlab qolinadi.

Avvalroq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya olishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.