Oltinning narxi 2023-yilda jahon bozorida bir troya unsiyasi uchun $1900gacha oshishi mumkin, deya xabar bermoqda “TACC” ekspertlarga tayanib.

“Alfa-Bank” qimmatli qog‘ozlar bozori tahlili bo‘limi boshlig‘i Boris Krasnojenov bu yil jahon oltin bozorida kuchli o‘zgaruvchanlikni kutmoqda.

Uning fikricha, oltin narxi bir troya unsiyasi uchun $1900gacha oshishi mumkin.

Biroq, o‘zgaruvchanlik tufayli qimmatbaho metalning narxi bir unsiya oltin uchun $1700dan $2100gacha keng diapazonda bo‘ladi.

“Oltin bahosi dinamikasiga AQSh Federal zaxira tizimi stavkalari dinamikasi bo‘yicha qisqa muddatli kutilmalar, Xitoy iqtisodiyotidagi vaziyatning rivojlanishi, inflyatsiya dinamikasi, geosiyosiy omillar va kutilayotgan ta’sirlar ta’sir qiladi” — deya qayd etadi ekspert.

Agar jahon markaziy banklari inflyatsiya ustidan nazoratni yo‘qotsa, narx unsiya uchun $3−4 mingga yetishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

“Finam IC” strategiyasi direktori Yaroslav Kabakov o‘rta muddatli istiqbolda oltin narxining oshishini taxmin qilmoqda.

Bu yuqori foiz stavkalari AQSh iqtisodiyotini o‘sishini sekinlashtirganda mumkin bo‘ladi, bu esa dollarning zaiflashishiga olib keladi va investorlar tomonidan qimmatbaho metalga ustunlik beradi.

4-yanvar kuni “Comex” birjasidagi savdolar chog‘ida oltin narxi 2022-yil iyunidan beri birinchi marta bir troya unsiyasi uchun $1861dan oshdi.


Avvalroq “Spot” Markaziy banklar 55 yil ichida rekord miqdorda oltin sotib olgani haqida yozgandi.