Tovar va tranzit vositalari bilan transport operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Hujjat bilan, bojxona organi tranzit deklaratsiyasi tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tguniga qadar taqdim etilganda, qonunchilikda belgilangan dastlabki elektron shakldagi axborotni taqdim etish talab etilmaydi.

Tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish hamda rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar “E-Tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda, deklaratsiya ro‘yxatga olingandan so‘ng, tizim orqali avtomatik tarzda identifikatsiya kodi beriladi.

Tovar va transport vositalari jo‘natuvchi bojxona organiga yetib kelganidan keyin tashuvchi tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari bilan birga identifikatsiya kodini bojxona organiga taqdim etadi.

U orqali tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilinadi hamda bu haqda deklaratsiyalovchiga elektron xabarnoma yuboriladi.

Bunda jarayonlarni rasmiylashtirishda to‘lan ishi lozim bo‘lgan barcha to‘lovlar tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar amlaga oshirilishi belgilangan.

Nizom bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Avvalroq, Bojxona qo‘mitasi tovarlarni olib kirish va olib chiqishda tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish tartibi tasdiqlangandi.