“Sberbank Rossii” Adliya vazirligiga “Sber”, “Сбер” tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qildi.

o'zbekiston, sberbank

o'zbekiston, sberbank

Tegishli yozuvlar Intellektual mulk agentligi maʼlumotlar bazasida 26-dekabr kuni 20227136 va 20227137 raqamlari ostida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, “Sberbank Rossii”, bank operatsiyalari, depozitlarni jalb qilish va qimmatbaho metallarni joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanishi koʻrsatilgan.

O‘tgan yilning sentabr oyida “Sberbank” 527 ta filialini yopgandi. Avgust oyida Qozog‘istondagi sho‘ba bankini “Bayterek” milliy boshqaruvchi xoldingiga sotishini e’lon qildi.

Shuningdek, Shveysariyadagi sho‘ba banki “Sberbank Switzerland"ni sotish bo‘yicha bitim tuzilgan.


Avvalroq “Sistema PBO” Adliya vazirligiga ikkita tovar belgisi — “Mazali va nuqta” va “Lazzatli va nuqta"ni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgandi.