2023-yilning 1-martidan tegishli davlat tashkilotlarining AKT bo‘yicha mas’ul xodimlari savodxonlik darajasi reyting baholash tizimi asosida baholanishi mumkin. Bu bo‘yicha AKT vazirligi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, talabgorlar har uch yilda bir marta vazirlik huzuridagi Elektron hukumat markazining Attestatsiya axborot tizimi orqali majburiy ravishda attestatsiyadan o‘tishadi.
Ularning attestatsiya natijalari tizimdagi AKT bo‘yicha savodxonlik darajasini baholash moduli orqali sohaga oid test o‘tkazish yo‘li bilan baholanadi.
Agar natijalar qoniqarsiz deb topilsa, davlat tashkilotining budjet mablag‘lari hisobidan talabgorning malakasi majburiy ravishda oshiriladi.
Bundan tashqari, muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarmning attestatsiya guvohnomasi moddiy rag‘batlantirishda hisobga olinadi.
Qayta attestatsiyadan o‘tolmagan xodimlar bilan esa malakasi yetarli bo‘lmaganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
Shuningdek, AKT bo‘yicha savodxonlik darajasini reyting baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ham ilova qilingan.
Loyiha bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Fikr-mulohazalar 2023-yilning 19-yanvarigacha qabul qilinadi.
Avvalroq, 2025-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yilgandi.