“Twitter” 2019-yilda joriy etilgan siyosiy reklamaga qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi, deya xabar bermoqda “Reuters” agentligi ijtimoiy tarmoqning ishonch va xavfsizlik bo‘limi rahbari Ella Irvinga tayanib.

Xabarga ko‘ra, kompaniya AQShda sababga asoslangan reklama bo‘yicha reklama siyosatini yumshatishini va bunday xizmatni televideniya hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan uyg‘unlashtirishini aytdi.

“Bizning fikrimizcha, sabablarga asoslangan reklamalar muhim mavzularning ommaviy muhokamasiga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.

Reutersning ta’kidlashicha, bu oʻzgarish “Twitter” siyosatini siyosiy reklamalarga ruxsat beruvchi “Facebook” va YouTube siyosatlariga yaqinlashtiradi.

““Twitter"da ruxsat etiladigan sabablarga asoslangan reklamalar orasida saylovchilarni ro‘yxatga olish, iqlim o‘zgarishi yoki aholini ro‘yxatga olish kabi hukumat dasturlari kabi muammolar haqida ma’lumot beruvchi yoki xabardorlikni oshiradigan reklamalar kiradi”, — dedi Ella Irvin.

2022-yilning oktabr oyi oxirida Mask “Twitter"ni sotib olgan taqdirda xodimlarni deyarli 75%ga qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi.

Keyinchalik “Twitter” egasi kompaniyaning barcha xodimlariga masofadan ishlashni bekor qildi.

Avvalroq Ilon Mask “Forbes” nashri talqini bo‘yicha 2022-yilning eng boy odami deb e’lon qilingandi, biroq u bir kun ichida $4,5 mlrd yo‘qotib, eng boy odamlar reytingida birinchilikni boy berdi.

Dekabr oyida Ilon Mask “Twitter” bosh direktorligidan ketishi, hozir tadbirkor yangi bosh direktor lavozimi uchun nomzod qidirayotganini ma’lum qilgandi.


Avvalroq “Spot” “Twitter” iOS va Android uchun postlarni ko‘rish hisoblagichini ishga tushirgani haqida yozgandi. Ushbu funksiya foydalanuchilarga tvitni qancha odam ko‘rganini bilish imkonini beradi.