Jahon banki magistratura va doktarantura talabalari uchun amaliyot dasturining ikkinchi oqimiga ariza qabul qilmoqda.
Amaliyot yangi innovatsion g‘oyalar va tadqiqot tajribasini bank ishiga olib kirish, xalqaro muhitda o‘z malakalarini oshirish imkonini beradi.
Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari hamda yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak.
Amaliyotchilarga ishlagan soatiga qarab ish haqi to‘lanadi hamda transport xarajatlarini qoplash uchun $3000 gacha mablag‘ ajratadi. Qolgan xarajatlarni (yashash, oziq-ovqat) ishtirokchilarning o‘zi qoplaydi.
Unga iqtisod, moliya, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy fanlar, buxgalteriya hisobi, aloqa, axborot texnologiyalari kabi sohalar bo‘yicha nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.
Amaliyotning ikkinchi oqimi 2023-yilning may-sentabr oylarida o‘tkaziladi. Arizalarni 31-yanvargacha jo‘natish mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
OTB magistratura va PhD talabalari uchun amaliyot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.