Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent-Termiz-Toshkent va Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"ning matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, qatnovlar 2023-yilning 16−20-yanvar kunlari amalga oshiriladi.
Xususan, 158-sonli poyezd 16 va 18-yanvar kunlari Toshkentdan Termizga, 17 va 19-yanvar kunlari esa 157-sonli Termiz-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Toshkent 21:42 — Termiz 11:41;
- Termiz 15:10 — Toshkent 05:42.
17 va 20 yanvar kunlari 156-sonli Toshkent-Urganch hamda shu kunlari 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Toshkent 00:05 — Urganch 14:23;
- Urganch 17:35 — Toshkent 06:54.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Shuningdek, elektron tarzda havola orqali xarid qilishga bo‘ladi.
Avvalroq, talabalar uchun avia hamda temir yo‘l chiptalariga chegirma muddati 18-yanvargacha uzaytirildi. Shuningdek, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.