O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari “QambarOta-1 GESi” ni birgalikda qurish bo‘yicha kelishib oldi, deya xabar bermoqda Qozog‘iston energetika vazirligi matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, mazkur elektr stansiyasini qurish uchun uchta davlat vazirlari yo‘l xaritasini imzolashgan.
Elektr stansiyasi qurilishi haqida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan o‘tgan yilning iyun oyida ma’lum qilingandi. 1,8 GVt quvvatga ega GES yiliga 5,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
“QambarOta-1"ning ishga tushirilishi Qirgʻizistonga ham, Markaziy Osiyoga ham foyda keltiradi. GES qurilishi qo‘shni mamlakatlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda, suv ta’minotini barqarorlashtirishda xizmat qiladi”, — dedi Japarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bishkek GES loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tadqiqot va boshqa ishlar uchun 412,8 mln so‘m ($5,2 mln) ajratgan.
Unga tutash infratuzilmani qurish uchun 1,5 mlrd so‘m ($18,9 mln) ajratiladi. Elektr stansiyasi 8 yildan 10 yilgacha muddatda quriladi.
O‘tgan yilning may oyi oxirida Sadir Japarov O‘zbekiston va Qozog‘iston “QambarOta-1” GESi qurilishiga qo‘shilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Avvalroq “Spot” Qoraqalpog‘istonda quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushirilishi haqida yozgandi.