2022-yilning to‘rtinchi choragida “Samsung” kompaniyasining foydasi 2021-yilning mos davriga nisbatan 69%ga kamayib, $3,4 mlrdni tashkil etgan.
Bu 2014-yilning uchinchi choragidan beri eng past ko‘rsatkich, deya qayd etadi “Reuters” nashri.
Unga ko‘ra, savdolar 9%ga tushib, $55 mlrd.ni tashkil qilgan.
Daromadning pasayishi jahon iqtisodiyotining zaiflashishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu chiplar narxi va ularga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keldi.
“Uzoq davom etgan makroiqtisodiy muammolar sabab yuzaga kelgan zaif talab tufayli smartfonlar sotuvi va daromadi pasaydi”, — deyiladi “Financial Times” xabarida.
“Samsung"ning ta’minot bilan bog‘liq muammolari AQShning Xitoyga chiplarni jo‘natish bo‘yicha sanksiyalari, Xitoydagi “Foxconn” zavodidagi noroziliklar tufayli iPhone ishlab chiqarishning kechikishi va COVID-19 ning yangi avj olishi tufayli yanada og‘irlashdi.
Shu bilan birga, kompaniya o‘z mahsulotlarining bozordagi ulushini oshirish uchun chiplar ishlab chiqarishga xarajatlarni ko‘paytirishda davom etishini bir necha bor ta’kidlagan.
Avvalroq “Spot” “Apple” Moskvadagi shtab-kvartirasini tark etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.