Hukumat qarori bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olishning tartibini soddalashtirish bo‘yicha qarorga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat bilan, xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmaganlarning O‘zbekistonda doimiy yashab qolish uchun ruxsatnoma olish, identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish bo‘yicha berilgan hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish va qisqartirish belgilangan.

Xususan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berishning “E-Chet el fuqaro” avtomatlashtirilgan tizimi yaratiladi.

Shuningdek, ko‘chmas mulk sotib olish orqali yirik investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlarga yashash guvohnomasini olish huquqini berish imkoniyati yaratiladi.

Joriy yildan O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun QQSni qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etilishi belgilangan. Mablag‘lar ayrim turdagi tovarlar xarid qiymati kamida 1 mln so‘mni tashkil etganda ilova orqali qaytariladi


Avvalroq, Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston chegarasi orqali o‘tishida biografik va biometrik ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va almashishning vaqtincha tartibini belgilovchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.

O‘tgan yili esa $1 mln investitsiya kiritgan xorijiy shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilib, tizim jismoniy shaxs yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga nisbatan tadbiq etilib, soddalashtirilgan tartibda berilishi ta’kidlangandi.