Finlandiyadagi Aalto ilmiy instituti yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Unda barcha mamlakatlardan bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Talabalar Aalto universitetining yetakchi tadqiqot guruhlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, xalqaro muhitda tajriba orttirish va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
Tadqiqot dasturi fan, muhandislik, kimyo, elektrotexnika, biznes va san’at kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi hamda joriy yilning iyun oyidan avgustigacha 12 hafta davom etadi. Yo‘nalishlar haqida batafsil bu yerda bilib olish mumkin.
Amaliyot Finlandiyaning Espoo shahrida joylashgan Aalto universiteti kampusida o‘tkaziladi hamda dastur davomida tadqiqotlardan tashqari, madaniy va ijtimoiy tadbirlar tashkil etiladi.
Ishtirokchilarga tajriba va malakasiga qarab stipendiya belgilanadi. Minimal ish haqi bakalavr talabalari uchun oyiga 1800 yevroni, magistratura talabalari uchun esa undan yuqoriroqni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Yevropa bo‘ylab (400 yevro) va undan tashqaridagi (800 yevro) sayohatlar uchun bir martalik xarajatlar qoplanadi.
Arizalar joriy yilning 31-yanvarigacha havola orqali qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Jahon banki talabalar uchun amaliyot dasturining ikkinchi oqimiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.