E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Hozirda mavjud 32 ta bankdan 27 tasida milliy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular besh oydan uch yilgacha saqlanadi.

Omonatlarni oflayn tarzda 16 ta bankda, masofadan turib esa 27 ta bankda ochish mumkin. Onlayn depozitlar bank filiallarida ro‘yxatdan o‘tishga qaraganda 1−3% yuqori foiz stavkasida taqdim etiladi.

Maqola chop etilgan vaqtda onlayn omonatlarning eng yuqori stavkasi (24%) 13 oyga joylashtirish bilan “Madad Invest Bank” va “Davrbank” tomonidan taklif etilmoqda.

Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln so‘mni tashkil qiladi.

Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan olindi.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Minimal summa
Muddati (oy)
Rasmiylashtirish
Madad Invest Bank
24%
1 mln so‘m
13
onlayn/oflayn
Davrbank
24%
500 ming so‘m
13
onlayn
23%
24
Anorbank*
23%
500 ming so‘m
13
onlayn
Garant bank*
23%
5 mln so‘m
5
onlayn
1 mln so‘m
18
TBC Bank
23%
100 ming so‘m
24
onlayn
Agrobank
23%
500 ming so‘m
13
onlayn
22%
oflayn
Universalbank*
23%
500 ming so‘m
13
onlayn
22%
22
onlayn/oflayn
Ravnaq bank
23%
500 ming so‘m
36
onlayn
Mikrokreditbank*
23%
100 ming so‘m
12−24
onlayn
22%
oflayn
Aloqabank
22%
1 mln so‘m
12
oflayn
50 ming so‘m
onlayn
Infinbank*
22%
1 mln so‘m
15
onlayn
Ziraat Bank Uzbekistan*
22%
3 mln so‘m
24
onlayn
oflayn
Ipotekabank*
22%
100 ming so‘m
24
onlayn
Sanoatqurilishbank*
22%
500 ming so‘m
13
onlayn/oflayn
Turonbank*
22%
1 mln so‘m
18
onlayn/oflayn
Tenge Bank
22%
10 mln so‘m
13
oflayn
1000 so‘m
onlayn
Asakabank
22%
500 ming so‘m
24
onlayn
21%
oflayn
Hamkorbank
22%
2 mln so‘m
13
onlayn
Qishloqqurilishbank
21%
1 mln so‘m
7
oflayn
Kapitalbank*
21%
1 mln so‘m
25
onlayn
O‘zmilliybank*
21%
100 ming so‘m
18
onlayn
20%
oflayn
Xalq Banki

20%
1 mln so‘m
6
onlayn
Trastbank*
20%
500 ming so‘m
13
onlayn
19%
oflayn
Asia Alliance Bank*
19%
1 mln so‘m
24
oflayn/onlayn
Poytaxt bank
17%
5 mln so‘m
36
oflayn
16%
1 mln so‘m
onlayn
Ipak yoʻli banki
17%
1 mln so‘m
12
onlayn
16%
25
oflayn
Orient Finans Bank
16%
10 mln so‘m
10
onlayn
15%
oflayn

*Depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.