Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2022-yilda soliq organlari tomonidan 148,4 trln so‘m tushumlar ta’minlangan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan (20,4 trln so‘m) 16% ko‘pni tashkil qilgan.

Jumladan, soliq turlari kesimida:

  • mol-mulk solig‘idan 4 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 1,6 trln so‘mga yoki 63%;
  • yer solig‘idan 5,3 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 1,2 trln so‘mga yoki 30%,
  • aylanmadan olinadigan soliqdan 2,5 trln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 863 mlrd so‘mga yoki 52%;
  • QQSdan 32,8 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 7,2 trln so‘mga yoki 28%;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 24,3 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 5,4 trln so‘mga yoki 28% o‘sishga erishildi.

Shuningdek hududlar kesimida soliq tushumlari bo‘yicha Toshkent shahri 21,3 trln so‘m bilan yetkachilik qilmoqda. Hududda tushumlar ko‘rsatkichi 2021-yilga nisbatan 38%ga oshgan.

Soliq tushumlari hududlar kesimida

Hududlar
Soliq tushumlari
2021-yilga nisbatan o‘sish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2,4 trln so‘m
33%
Xorazm viloyati
2,5 trln so‘m
28%
Andijon viloyati
2,9 trln so‘m
23%
Farg‘ona viloyati
4,3 trln so‘m
33%
Namangan viloyati
2,8 trln so‘m
26%
Sirdaryo viloyati
1,2 trln so‘m
31%
Jizzax viloyati
1,8 trln so‘m
34%
Samarqand viloyati
4,2 trln so‘m
34%
Qashqadaryo viloyati
3,6 trln so‘m
23%
Surxondaryo viloyati
2,4 trln so‘m
26%
Navoiy viloyati
1,6 trln so‘m
21%
Buxoro viloyati
3,2 trln so‘m
31%
Toshkent viloyati
5,3 trln so‘m
25%
Toshkent shahri
21,3 trln so‘m
38%
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSI
88,3 trln so‘m
7%

Avvalroq “Spot” 2023-yil O‘zbekiston soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida yozgandi.