2022-yilning sentabr oyida “IT Park” “Venchur tahlilchisi” onlayn kursini ishga tushirgandi.
Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, “I2BF Global Ventures” investitsion direktori Denis Kalishkin olib boruvchi “Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 8-oqimiga arizalar qabul qilinmoqda.
Kurs startaplar, venchur investorlar, bo‘lajak investorlar uchun mo‘ljallangan. Dastur 23-yanvar kuni boshlanadi va 4 hafta davom etadi.
Ishtirokchilarni quyidagi keyslar tahlili kutmoqda:
- Lotin Amerikasidagi venchur bozorini tahlil qilish;
- “Bessemer” investitsiya memorandumiga asoslangan Twitch investitsiya memorandumini tahlil qilish;
- Denis Kalishkin bilan onlayn savol-javob sessiyalari.
Bundan tashqari, kurs ishtirokchilariga venchur fondida karera qurish bo‘yicha mustaqil ta’lim va vebinarlar uchun qo‘shimcha materiallar taqdim etiladi.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 22-yanvargacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.