2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 91 534 ta yangi ish o‘rni yaratilib, shundan 68%ini ayollar, 44%ni esa yoshlar tashkil etgan. Bu haqda “Hunarmand” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Qobil Jamolov ma’lum qildi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi"ning 6 mlrd so‘m mablag‘lari hisobiga ish bilan band bo‘lmagan 7933 nafar fuqaro hunarmandchilikka yo‘naltirildi.
“Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi” doirasida tijorat banklari tomonidan 580,7 mlrd so‘m kreditlar ajratilishi belgilangan. Natijada, jami 12 565 ta hunarmandchilik loyihalari amalga oshiriladi.
Shuningdek, xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan 28 ta hunarmandchilik ko‘rgazmalarida 320 nafar hunarmandlarning ishtirokini ta’minlash orqali mazkur yo‘nalishda savdo hajmi $1,5 mln.ga yetkaziladi.
Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan mahsulot eksport qilishga ko‘maklashish va yillik eksport hajmini $15,3 mln.ga yetkazish belgilangan.
Hududlarda jami 17.9 gektar yer maydoniga, qiymati 112 mlrd so‘mlik, 11 ta hunarmandchilik markazlari tashkil etilib, 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratadi.
Qonunchilikka ko‘ra, “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun a’zolik badali miqdorida subsidiya ajratiladi.
Oʻtgan uch yarim yillik davrda salkam $4 mlrd qiymatdagi 355 ta DXSh loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 13 tasi hunarmandchilik sohasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, “Oilakredit” elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qoʻyish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida boʻlim ishga tushirilgan.