2021-yili hukumat qarori bilan yoshlarga xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50% gacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgandi.
“O‘zbekistonning IT-iste'dodlari” portalida keltirilishicha, shu kungacha jami 720 ta ariza topshirilgan bo‘lib, shundan 400 ta talabgorga kompensatsiya to‘lab berilgan.
“Spot” IT-sertifikatlar uchun sarflangan mablag‘ning 50%gacha qismini qanday qaytarib olish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.
Joriy yilning 16-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “IT Park” tomonidan “Xalqaro IT-sertifikat nima va u qanday imkoniyatlar beradi?” mavzusida onlayn vebinar o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unda xalqaro IT-sertifikatlarni qanday olish bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Spiker — “IT Park” Xalqaro IT-sertifikatlar bo‘limi boshlig‘i Mirabbos Anvarov.
Vebinarni vazirlikning barcha ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatish mumkin. Shuningdek, “Zoom” platformasi orqali ishtirok etishni xohlovchilar havola orqali o‘tishlari mumkin.
Vebinarda ishtirok etish bepul. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, “I2BF Global Ventures” direktori Denis Kalishkin olib boruvchi “Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 8-oqimiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.