Qashqadaryoda joylashgan Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasining 100% davlat ulushi auksionga qo‘yildi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 117 mlrd so‘m, zakalat puli esa 5,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni 45962 kv.metrdan iborat.

Arizalar joriy yilning 16 yanvari soat 09:00 ga qadar qabul qilinadi hamda auksion shu kuni soat 10:00da boshlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiyda joylashgan “O‘ZERAECABLE” kompaniyasining 50% davlat ulushini auksionga qo‘ygandi.