“LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
Yoʻlga qoʻyiladigan parvozlar orqali Toshkent va Varshavani toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlash imkoniyati paydo boʻladi.
Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi charter reysi 2023-yil 10-martga mo‘ljallangan va reyslar Boeing 787 samolyotlarida har 10 kunda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“LOT Polish Airlines” — shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan Polsha aviakompaniyasi. Aviakompaniya dunyodagi qadimgi, yirik va vakillari koʻp alyans — “Star Alliance” a’zosi hisoblanadi.
Avvalroq “Spot” Iordaniya Qirolligining “Jordan Aviation” aviakompaniyasi Ammandan Toshkentga parvozlarni amalga oshirishi haqida yozgandi.