Toshkentda “Maxwell Hotel” nomli yangi mehmonxona ochildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonxona Yashnobod tumanida joylashgan bo‘lib, uning ochilishi natijasida 26 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mijozlarga jami 84 o‘ringa mo‘ljallangan 39 ta xona taklif etiladi. Shuningdek, mehmonxonada restoran, konferensiya zali, suzish havzasi, fin saunasi va turk hammomi mavjud.

Mehmonlar kir yuvish va bagaj xonasi, shuningdek, yuqori tezlikdagi Wi-Fi dan foydalanishlari mumkin. Ularning mashinalari uchun xavfsiz to‘xtash joyi mavjud.

So‘rov bo‘yicha mijozga aeroportdan yoki vokzaldan transfer xizmati taqdim etiladi. Bundan tashqari, ular Toshkent bo’ylab ekskursiya xizmatlaridan foydalanishi mumkin.


Avvalroq “Spot” Buxoroda “Wyndham Bukhara” mehmonxonasi ochilgani haqida yozgandi.