O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirigi hamda Yaqin Sharq va Yevropa davlatlarida rekruting sohasida faoliyat yuritadigan “ABC International Placement Services” kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” nashri.
Unda O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va “ABC International Placement Services” o‘rtasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
“ABC International Placement Services” rahbari Nikhil Mansharamani o‘zaro hamkorlikka katta qiziqish bildirib, O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar o‘rtasida hamkorlikning huquqiy asoslari, ishchilarni tanlashda tashkiliy jihatlarni tartibga soluvchi memorandum loyihasini hozirlash va imzolash masalalarini ishlab chiqishga kelishildi.
“ABC International Placement Services” 1981-yilda tashkil etilgan. Kompaniya dunyo bo‘ylab mijozlarna yollash, kadrlar bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatadi.
Avvalroq, o‘zbekistonliklar Yaponiyaning “Haneda Turtle Service” kompaniyasiga ishga jalb qilinishi haqida xabar berilgandi.