E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Mavzuga doir: so‘mdagi eng daromadli omonatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.
Hozirda mavjud 32 ta bankdan 22 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.
Depozitlarni oflayn tarzda 20 ta, masofadan turib esa 14 ta bankda ochish mumkin.
Maqola chop etilgan vaqtda mazkur valyutadagi omonatlarning eng yuqori stavkasi (6,5%) oflayn shaklda “Ziraat Bank Uzbekistan“da taklif etilmoqda. “Ravnaqbank” va “Trastbank"da 6%lik onlayn omonat mavjud.
Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda oflayn depozit qo‘yishning minimal miqdori $10, onlaynda esa $500ni tashkil qiladi.
Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan olindi.
Bank nomi | Stavka | Minimal summa | Muddati | To‘ldirish/qisman yechib olish | Rasmiylashtirish |
Ziraat Bank Uzbekistan* | 6,5% | $1000 | 36 oy | +/- | oflayn |
Ravnaq-bank | 6% | $200 | 36 oy | -/- | onlayn |
oflayn | |||||
Тrastbank* | 6% | $500 | 13 oy | +/- | oflayn |
5% | $100 | 24 oy | onlayn | ||
Hamkorbank* | 5,5% | $500 | 18 oy | +/- | oflayn |
InfinBank* | 5,5% | $500 | 18 oy | +/+ | onlayn/oflayn |
Universal bank* | 5,5% | $200 | 13 oy | +/- | onlayn/oflayn |
Аnorbank* | 5% | $100 | 24 oy | +/+ | onlayn |
Madad Invest Bank* | 5% | $100 | 12 oy | +/- | oflayn |
O‘zmilliybank* | 5% | $50 | 18 oy | +/- | onlayn/oflayn |
27 oy | |||||
Turonbank* | 5% | cheklanmagan | 12 oy | +/- | onlayn/oflayn |
Мikrokreditbank* | 3−5% | $100 | 24 oy | +/- | oflayn |
Qishloq qurilish bank | 2−5% | $100 | 36 oy | +/- | oflayn |
Xalq banki | 4,5% | $10 | 18 oy | +/- | oflayn |
Аloqabank* | 4% | $100 | 12 oy | +/- | onlayn/oflayn |
Аgrobank* | 4% | $100 | 13 oy | -/- | onlayn/oflayn |
Asia Alliance Bank* | 4% | $500 | 18 oy | -/- | oflayn |
$100 | onlayn | ||||
Кapitalbank* | 4% | $500 | 36 oy | +/+ | onlayn/oflayn |
Sanoatqurilishbank | 4% | $500 | 6 oy | -/- | onlayn/oflayn |
Ipak Yo‘li Banki* | 3% | $500 | 12 oy | -/- | oflayn |
Poytaxt bank* | 3% | $100 | 25 oy | -/- | oflayn |
Asakabank* | 2,8% | $50 | 24 oy | +/- | onlayn/oflayn |
Orient Finans Bank* | 2,5% | $5000 | 500 kun | -/- | onlayn/oflayn |
*Depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.