Shveytsariyaning “EPFL” fan va texnologiya instituti yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda barcha mamlakatlardan bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishlari mumkin.
Dastur davomiyligi 8 haftani tashkil etib, 20−25 gacha ishtirokchilar muhandislik, fan va texnologiya, hayot haqidagi fanlar, biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya hamda bioinformatika kabi tegishli sohalarda akademik ma’lumotga ega bo‘lgan talabalar tanlab olinadi.
Nomzodlar CV, motivatsion xat, baholar transkripti, ikkita tavsiyanomani jo‘natishlari kerak. Faqat to‘liq jo‘natilgan arizalar ko‘rib chiqiladi. Nomzodlarga qo‘yilgan talablar bilan bu yerdan batafsil ma’lumot olish mumkin.
Ishtirokchilarga $3500 miqdorida stipendiya ajratiladi hamda sayohat xarajatlarining katta qismi qoplab beriladi. Uy-joy va yashash xarajatlari qoplanmaydi.
Arizalarni 31-yanvargacha havola orqali onlayn jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, “Turkiye Burslari” grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.