$300dan $1000gacha: dekabr oyida Toshkentda taklif etilgan ijara narxlari
Narxlar oshishi asosan Shayxontohur, Mirobod va Yunusobod tumanlarida kuzatilgan.
O‘zbekiston banklarida so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil yanvar oyi bo‘yicha
Mavjud 32 ta bankdan 27 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 24%ni tashkil qilmoqda.
Yoshlarni milliy va xalqaro dasturlarni ishlab chiqishga keng jalb etishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari “Global Janub” ovozi sammitida nutq so‘zladi. Unda asosiy e’tiborni energetika, logistika hamda raqamlashtirish kabi sohalarga qaratdi.
O‘zbekiston banklari taklif etayotgan dollardagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil yanvar oyi bo‘yicha
Mavjud 32 ta bankdan 22 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 6,5%ni tashkil qilmoqda.
IT bo‘yicha 5 ta kitob: Node.js
Ushbu to‘plam Node.js dasturiy platformasini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Yil yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2,3 mlrdga ortdi.
Xalqaro zaxiralar 2022-yil boshidagi ko‘rsatkichga nisbatan esa 1,8%ga oshgan. - Aviatashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya ajratish muddati uzaytirildi.
Xususan, chipta narxining 25%i miqdorida subsidiyalar 2026-yilgacha ajratiladi. - Olmaotada o‘tkaziladigan Astana Hub Battle musobaqasiga arizalar qabul qilinmoqda.
Loyihaning mukofot jamg‘armasi $18 mingni tashkil etib, unda startap loyihalar ishtirok etishi mumkin. - Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Xususan, joriy yilning 1-sentabriga qadar xususiy investorlar jalb qilinishi belgilandi. - 2022-yilda aholiga 14 trln so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi.
Bu ko‘rsatkich Toshkentda 4 trln so‘mdan, yana uchta viloyatda esa 1 trln so‘mdan oshdi. - Turkiya hukumatining grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda bakalavr, magistratura hamda PhD uchun nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Grant barcha xarajatlarni qoplaydi hamda oylik stipendiya ajratadi. - Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha Ginness rekordlari kitobiga kiritildi.
2022-yilda Maskning boyligi rekord darajada, ya’ni $200 mlrdga kamaygan. - Qirg‘izistonda xorijlik investorlar uchun 10 yilgacha amal qiladigan vizalar joriy etildi.
Ular mazkur vizani olish uchun mamlakat iqtisodiyotiga kamida $116 ming sarmoya kiritishi kerak. - LOT Polish Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda.
Birinchi yo‘lovchi charter reysi 2023-yil 10-martga mo‘ljallangan bo‘lib, parvozlar har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi. - 2022-yilning oʻn oyida Oʻzbekistonga Krasnodar oʻlkasidan 1,1 ming nafar kishi kelgan.
2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 22,4 mingdan ortiq kishi Krasnodar o‘lkasidan chet elga chiqib ketgan.