Avvalroq, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi 13,14,15-yanvar kunlari 3 ta reysga bekor qilingandi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yana besh kunga bekor qilindi.
Xususan, joriy yilning 16, 17, 18, 19, 20-yanvar kunlari qatnovlar amalga oshirilmaydi. Xarid qilingan chiptalar 100% qaytarib beriladi.
Xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni esa havola orqali qaytarish mumkin.
Anomal sovuq harorat sababli AGTKSHlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. B undan tashqari Toshkentda ham nazorat kuchaytirildi.
Bundan tashqari, talabalar uchun avia hamda temir yo‘l chiptalariga chegirma muddati 18-yanvargacha uzaytirilib, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.
Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi sabab Toshkent-Termiz-Toshkent va Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Davlat rahbari yuzaga kelgan muammolar sabab, sohalar hamda hudud rahbarlarini lavozimidan ozod etib, “hayfsan” berdi.