Rossiyaning “Sistema PBO” kompaniyasi Qozog‘istonda “Vkusno — i Tochka” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri Qozog‘iston Adliya vazirligiga tayanib.

“Hozirda Qozog‘iston tovar belgilarining davlat reestrida „Vkusno — i Tochka“ belgisi ostidagi tovar belgisi ro‘yxatga olinmagan. Shu bilan birga, ekspert tashkiloti „Sistema PBO“ nomidan berilgan „Vkusno — i Tochka“ belgilarini o‘z ichiga olgan tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalarni ko‘rib chiqmoqda”, deyiladi xabarda.

“Sistema PBO” rossiyalik sobiq “McDonald's” franchayzi Aleksandr Govorga tegishli kompaniya hisoblanadi. O‘tgan yili Amerika brendi Rossiyani tark etgach, u tarmog‘ga egalik qiladi. 12-iyun kuni Moskvada “Vkusno — i Tochka” nomi ostida birinchi restoran ochildi.

5-yanvar kuni “Food Solutions KZ” tomonidan boshqariladigan tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i ta’minot cheklovlari tufayli Qozog‘istonda “McDonald's” brendi ostidagi ishni to‘xtatganini e’lon qildi.

Kompaniya faoliyatining qayta tiklanishi va yangi nomdagi tez ovqatlanish restoranlarini ochish muddatlari yaqin vaqt ichida ma’lum qilinishini ta’kidladi.


Avvalroq “Spot” “Sistema PBO” kompaniyasi O‘zbekistonda “Vkusno — i Tochka” deb tarjima qilingan ikkita tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgani haqida yozgandi.