“Sber” texnologik startaplar uchun “Sber500” xalqaro akseleratorining yangi to‘lqiniga start bermoqda, deya xabar berdi “IT Park” matbuot xizmati.
Akseleratorda 20 ta texnologik sohalardan birida yechimga ega quyidagi loyihalar bilan ishtirok etish mumkin:
- reklama va marketing;
- geotargeting va kartografiya;
- logistika;
- computer vision;
- teletibbiyot;
- web 3.0 uchun xizmatlar;
- kiberxavfsizlik va boshqalar.
Ishtirokchilar sunʼiy intellekt texnologiyalari hamda metakoinot va markazlashtirilmagan moliya (DeFi) uchun yechimlardan foydalanadigan loyihalar qoʻshimcha mentorlik yordami va oʻz yechimlarini “Sber” mahsulotlariga integratsiya qilish imkoniyatini oladi.
Dasturni yakunlashi mumkin boʻlgan 25 ta kuchli jamoa tanlab olinadi, keyin esa ular oʻz loyihalarini fondlarga va korporatsiyalarga taqdim etadigan demo kunida qatnashadilar.
Loyihalarga minimal hayotiy mahsulot (MVP) va birinchi sotuvlar mavjudligi, ishlab chiqarish, seed-bosqichi kabi talablar qoʻyiladi.
Akselerator moslashuvchan formatda boʻlib, unda dunyoning istalgan nuqtasidan ishtirok etish mumkin.
Buning uchun 14-fevralgacha havola orqali ariza topshirish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq “Spot” Navoiyda “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirilgani haqida yozgandi.