Qirg‘izistondan naqd xorijiy valyuta olib chiqishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi, deya xabar bermoqda “24kg” nashri.
Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov tomonidan imzolangan. U moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, ichki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, respublikaning milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
Hujjat bilan, norezidentlar va chet el fuqarolari $5000 dan ortiq, Qirg‘iziston rezidentlari va fuqarolari $10 mingdan ortiq naqd pul mablag‘ini olib chiqishlari taqiqlanadi.
Qirg‘iziston rezidentlari va fuqarolari $10 mingdan ortiq naqd AQSH dollarini eksport qilgan taqdirda, belgilangan limitdan oshib ketgan summaning 10%i miqdorida yig‘im undiriladi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara xizmati va bojxona xizmatlariga AQSH dollarining naqd pulda olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirilgan.
Avvalroq, 2022-yilda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1 mlrddan oshgani haqida xabar berilgandi.