Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi parvozlar chastotasini oshirdi va O‘zbekistonga parvozlarning yangi yo‘nalishini ochdi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Xususan, kompani 22-yanvardan boshlab Farg‘ona-Surgut yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar rejalashtirmoqda. Aviaqatnov haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq, “Utair” aviakompaniyasi 16-yanvardan Samaradan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi. 16-yanvar kuni mazkur yo‘nalish bo‘yicha parvozlar amalga oshirildi.

2022-yilning iyun oyida kompaniya Moskva va Samarqand oʻrtasida havo qatnovini boshlashi haqida xabar berilgandi. Noyabr oyiga borib kompaniya Moskvadan Samarqandga parvozlar sonini oshirdi.


Avvalroq, Ozarbayjonning “AZAL” aviakompaniyasi 28-yanvardan Boku va Urganch o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qoʻyishi hjaqida xabar berilgandi.