“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda elektr va gaz bilan bog‘liq mavjud vaziyatlar kompaniya bilan ham bog‘liqligi yuzasidan tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

“Shuni eslatib o‘tamizki, elektr energiyasi va gaz ta’minotiga bizning aloqamiz yo‘q”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 90% hollarda kompaniya “Toshkent issiqlik markazi” va “Toshkent issiqlik elektr markazi” tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini qabul qiladi va uni turar-joy binolariga yetkazib beradi.

Shuningdek, kompaniya boshqa korxonalar singari shahardagi umumiy issiqlik energiyasining atigi 10%ni ishlab chiqaradigan maxalliy qozonxonalarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan gaz va elektr energiyasi ta’minotiga qaram ekanligini qayd etgan.

Bundan tashqari, boshqaruvchi kompaniyalar uy ichidagi isitish tizimlarini tayyorlashga mas’uldirlar va shu nuqtai nazardan, turar-joy binolarining yerto‘lalarida bir laxzalik va ruxsatsiz oqizishlarning oldini olish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda.

“Biz issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar issiq suvni yetarli darajada yetkazib berishini ta’minlash uchun xarakat qilmoqdamiz, lekin ob-havo sharoiti va gaz bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli ular har doim ham biz tomondan belgilangan harorat me’yorlariga rioya qila olmaydi”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Kompaniya tomonidan Toshkent shahar markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti boshqaruvi davomida issiqlik trassalarida 2000dan ortiq nosozliklar bartaraf etilgani, biroq infratuzilmaning hozirgi holati ko‘proq modernizatsiya qilishni talab qilinayotgani ta’kidlangan.

Hozirda uzoq davom etayotgan sovuq ob-havo sharoiti munosabati bilan “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi muammoli xududlarda turli quvvatdagi dizel generatorlarini xarid qilib, o‘rnatilgan. Ular elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida mahalliy qozonxonalar ishlashini ta’minlashi ko‘zda tutilgan.


Avvalroq “Spot” anomal sovuq harorat sababli AGTKSHlar faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatilgani haqida yozgandi. Energetika vazirligiga ko‘ra, bu tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlariga yetkazib berish uchun amalga oshirilmoqda.