“Microsoft” global iqtisodiy pasayish sharoitida xodimlarini qisqartirishi mumkin, deya xabar bermoqda “Sky News” nashri.

Xabarga ko‘ra, 220 mingdan ortiq xodimning taxminan 10−11 ming nafari qisqartirilishi ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.

Nashrning yozishicha, bu 2023-yil 24-yanvarga rejalashtirilgan investorlar uchun hisobotdan oldin sodir bo‘ladi.

“Ishdan bo‘shatish muhandislik guruhlariga ta’sir qilishi mumkin”, deb yozadi “Bloomberg” manbalarga tayanib.

2022-yil may oyida “Microsoft” ishga qabul qilish tezligini sekinlashtirayotganini, iyul oyida esa xodimlarning 1%dan kamini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi.

Avgust oyida kompaniya xodimlari, treninglar va korporativ tadbirlarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga chaqirgani haqida xabar berilgandi.

“Insider” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mutaxassislar uchun takliflar bo‘yicha maoshlar 30%ga qisqartirilgan. Oktabr oyida nashrlar yana 1000 kishini ishdan bo’shatish haqida yozgan edi.

Yanvar oyida bosh direktor Satya Nadella texnologiya sanoati ikki yillik qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida ogohlantirdi.

Uning ta’kidlashicha, “Microsoft” ham global zarbalardan himoyalanmaganligini hamda boshqa texnologiya firmalari kabi samarali bo‘lishi kerak.


Avvalroq “Spot” “Twitter” butun dunyo bo‘ylab kontentni moderatsiya qilish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi nafrat so‘zlari va ta’qiblarga qarshi kurashish uchun mas’ul bo‘lgan ayrim xodimlarni qisqartirgani haqida yozgandi.