Joriy yilning 2-fevralidan 369 hamda 370-sonli Toshkent-Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida poyezd qatnovlari qayta amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
Mazkur yo‘nalish qatnovi 2020-yilda pandemiya sabab to‘xtatilgandi.
369-sonli Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishidagi qatnov Toshkentdan 16:05da yo‘l olib, Novosibirskga 04:58da yetib boradi hamda quyidagi sanalarda harakatlanishi belgilangan:
- Fevral oyida 2,10,18,26-kunlari;
- Mart oyida 2,6,10,14,18,22,26,31-kunlari;
- Aprel oyida 4, 8, 12-kunlari;
- May oyida 6, 14, 31-kunlari;
- Iyun oyida 4, 12, 20, 28-kunlari;
- Iyul oyida 6, 14, 22, 31-kunlari;
- Avgust oyida 8, 16, 24-kunlari;
- Sentabr oyida 2, 6, 26-kunlari;
- Oktabr oyida 12, 24, 28-kunlari;
- Noyabr oyida 2,6,10,14,18,22,26,30-kunlari;
- Dekabr oyida 4-kuni.
370-sonli Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishidagi qatnov Novosibirskdan 10:42da yo‘l olib, Toshkentga 05:32da yetib keladi hamda 2023-yilda quyidagi sanalarda harakatlanadi:
- Fevral oyida 5,13,21-kunlari;
- Mart oyida 1,5,9,13,17,21,25,29-kunlari;
- Aprel oyida 3,7,11,15-kunlari;
- May oyida 9,17-kunlari;
- Iyun oyida 3,7, 15, 23-kunlari;
- Iyul oyida 1, 9, 17, 25-kunlari;
- Avgust oyida 3, 11, 19, 27-kunlari;
- Sentabr oyida 5, 9, 29-kunlari;
- Oktabr oyida 15, 27, 31-kunlari;
- Noyabr oyida 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
- Dekabr oyida 3, 7-kunlari.
Batafsil ma’lumotni bu yerdan yoki Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Shuningdek, chiptalarni havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
2022-yilning 5-oktabridan Toshkent-Volgograd-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yilgandi.