Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.

O‘zbekistonga 2022-yilda eng ko‘p Qozog‘iston 1,5 mln, Tojikiston 1,4 mln va Qirg‘izistondan 1,3 mln fuqaro turistik maqsadda tashrif buyurgan.

Davlat
Tashrif buyurganlar soni

Qozog‘iston
1,5 mln
Tojikiston
1,4 mln
Qirg‘iziston
1,3 mln
Rossiya
567 ming
Turkiya
75,6 ming
Janubiy Koreya
19,9 ming
Germaniya
17,7 ming
Hindiston
16,8 ming
AQSh
13,1 ming
Fransiya
11 ming
Buyuk Britaniya
10,5 ming
Ozarbayjon
10,4 ming
Italiya
8,8 ming
Ispaniya
6,3 ming
Xitoy
5,4 ming

Shuningdek, Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Ushbu ko‘rsatkichni 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 2,9 mln nafarga yoki 2,4 martaga oshganini kuzatish mumkin.

O‘zbekistonliklar 2022-yilda turistik maqsadlarda eng ko‘p Qirg‘izistonga (2,4 mln), Qozog‘iston (1 mln) va Tojikistonga (785 ming) safar qilgan.

Davlat
Sayohat qilganlar soni

Qirg‘iziston
2,4 mln
Qozog‘iston
1 mln
Tojikiston
785 ming
Turkiya
305,9 ming
Rossiya
250,7 ming
BAA
128,3 ming
Saudiya Arabistoni
69,4 ming
Misr
36,8 ming
Quvayt
24 ming
Janubiy Koreya
23,1 ming
AQSh
16,6 ming
Ozarbayjon
12 ming
Hindiston
10,6 ming
Gruziya
8,2 ming
Germaniya
7,1 ming