“Amazon” kompaniyasi dunyoning eng qimmat brendlari reytingida o‘tgan yilgi yetakchi “Apple"ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri “Brand Finance” konsalting kompaniyasi tadqiqot ma’lumotlariga tayanib.
“„Amazon“ 2022-yilda brend qiymati 15%ga, ya’ni $350,3 mlrd.dan $299,3 mlrdga tushib ketganiga qaramay, yetakchilikni qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, “brend kuchi” ko‘rsatkichi qiymatining pasayishi $41,2 mlrdni tashkil etgan, korporatsiya brendi “tashqi omillarning o‘zgarishi” tufayli yana $13,7 mlrd yo‘qotgan, biroq kompaniyaning tijorat ko‘rsatkichi ijobiy bo‘lib chiqdi va $3,9 mlrd yo‘qotishlarni biroz qopladi.
“Ushbu brend qiymatining pasayishi COVID-19dan keyingi davrda iste’molchilar kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatishini yanada tanqidiy baholay boshlagani bilan bog‘liq”, — deydi “Brand Finance” ekspertlari.
Bundan tashqari, kompaniya buyurtma qilingan mahsulotlarni yetkazib berish muddatini oshirgan. Bu chakana sotuvchi mijozlarning o‘z xizmatlarini boshqa odamlarga tavsiya etish istagining kamayishiga olib keldi, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, dunyoda koronavirus cheklovlarining olib tashlanishi oflayn xaridlarning mashhurligini tiklashga olib keldi, natijada “Amazon” xizmatlariga talab biroz pasaygan.
“Brand Finance” tahlilchilari o‘tgan yilgi yetakchi “Apple” kompaniyasining brend qiymati hisobot davrida 16%ga, ya’ni $355 mlrd.dan $297,6 mlrdga kamayganiga ham aniqlik kiritdi.
“Bunga kompaniyaning yetkazib berish zanjiri uzilishi va mehnat bozoridagi taqchillik bilan bog‘liq prognoz qilingan daromadining pasayishi sabab bo‘ldi”, deydi ekspertlar.
Avvalroq “Spot” “Amazon” kompaniyasi rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq xodimlarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.