E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
Hozirda mavjud 32 ta bankdan 21 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin.
Kreditlar bir yildan yetti yilgacha muddatga, 21%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.
Bundan tashqari “Aloqabank”, “Asia Alliance Bank” va “Ipak yo‘li banki” hamda “Davr Bank“da boshlang‘ich badalsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin.
Yettita bank uch oydan olti oygacha imtiyozli davr taqdim etadi — bular “Aloqabank”, InfinBank, “O‘zmilliybank”, “Poytaxtbank”, “Turonbank”, “Mikrokreditbank” va “Sanoatqurilishbank”.
Bundan tashqari banklar elektromobillar uchun ham mablag‘ ajratishni boshlamoqda. Masalan, “Saderatbank”, “Trastbank” va “Qishloq qurilish bank” bunday turdagi avtomobillarga 24−27%lik stavkada kredit taqdim etadi.
Ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kreditlarni esa “Aloqabank”, “Anorbank” “Kapitalbank”, “Tenge Bank”, “Mikrokreditbank”, “TBC Bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Turonbank” va “HamkorBank"da olish mumkin.
Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan va call-markazlaridan olindi.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Boshlang‘ich to‘lov | Muddati |
Agrobank | 24% | 25% | 1 yil |
25% | 2 yil | ||
26% | 3 yil | ||
27% | 4 yil | ||
Asakabank | 21% | 30% | 5 yilgacha |
Anorbank | 24% | 10−30% | 5 yil |
Aloqabank* | 25% | 10% | 4 yilgacha |
26% | 10% | 5 yilgacha | |
Asia Alliance Bank* | 22% | 25% | 1 yil |
24% | 4 yil | ||
Davr Bank** | 27,99% | 10% | 5 yilgacha |
30% | |||
Hamkorbank* | 27,99% | 25% | 4 yil |
InfinBank | 26,99% | 20% | 4 yil |
Ipak yo‘li banki | 21,9% | 25% | 1 yildan 5 yilgacha |
Kapitalbank* | 24% | 10% | 1 yildan 7 yilgacha |
Mikrokreditbank* | 28% | 30% | 4 yil |
Orien Finans Bank | 21% | 45% | 4 yil |
23% | 25% | ||
Poytaxt bank | 22% | 30% | 4 yil |
Qishloq qurilish bank | 24% | 30% | 4 yilgacha |
Ravnaqbank | 26% | 30% | 1 yil |
27% | 2 yil | ||
28% | 3 yil | ||
Saderat Bank | 27% | 25% | 4 yil |
Sanoatqurilishbank* | 21% | 50% | 1 yil |
24% | 10% | 2 yil | |
25% | 3 yil | ||
26% | 4 yil | ||
27% | 5 yil | ||
Tenge Bank* | 23,5% | 50% | 4 yil |
23,9% | 30% | ||
24,9% | 20% | ||
Trastbank* | 24% | 30% | 3 yil |
22% | 50% | ||
25% | 30% | 4 yil | |
23% | 50% | ||
22% | 30% | ||
Turonbank | 24,9% | 20% | 4yil |
25% | 25% | 5 yil | |
26% | 50% | 3 yil | |
27% | 40% | ||
28% | 30% | ||
Xalq banki | 24% | 20% | 4 yilgacha |
Ziraat Bank Uzbekistan | 22% | 30% | 1 yil |
23% | 2 yil | ||
24% | 3 yil | ||
O‘zmilliybank | 24% | 40% | 5 yilgacha |
25% | 35% | ||
26% | 25% |
*Ushbu banklar, shuningdek, Ipoteka bank Kia, Renault, Lada, Chery, Hyundai, Skoda va Volkswagen avtomobillari uchun past kredit stavkalarini taklif etadi.
**Mazkur banklarda rasmiy oylik daromadi mavjud bo‘lsa dastlabki badal to‘lovisiz ham avtokredit rasmiylashtirish mumkin.