Majburiy ijro byurosi Toshkent shahri Mirobod tumanidagi binoni sotuvga qo‘ydi.

2019-yilda bunyod etilgan uch qavatli bino Sevinchbonu ko‘chasi bo‘ylab poytaxtning Shimoliy vokzaliga yaqin joyda joylashgan. Bu yerda “Mazza Plaza” mehmonxonasi joylashgan.

Bino 8,65 akr maydonda joylashgan. Uyning maydoni 784,6 kvadrat metrni tashkil qiladi. Jami 21 ta xona mavjud binoda barcha kommunikatsiyalar — gaz, elektr, suv, kanalizatsiya bor.

Boshlangʻich sotuv narxi 4,8 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 243 mln soʻmni tashkil qiladi.

Lot 2022-yil iyul oyida fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qaroriga binoan sotuvga qoʻyilgan (2−1204−2201/1630-sonli ijro hujjati).

Auksion 20-yanvar kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.


Avvalroq “Spot” Chilonzordagi sobiq ma’muriy bino va inshootlari sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.