Shveysariyada joylashgan Lozanna universiteti biologiya va tibbiyot bo‘yicha yozgi tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda barcha mamlakatlardan biologiya va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriaturaning 2−3 bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Xususan, fizika terapiyasi, stomatologiya yoki veterinariya kabi fanlar bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar hujjatlari qabul qilinmaydi.
Arizada tadqiqot o‘tkazmoqchi bo‘lgan laboratoriyani ko‘rsatish kerak. Bu haqda batafsil havola orqali bilish mumkin.
Dastur 2023-yilning iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi hamda sayohat xarajatlari qisman yoki to‘liq qoplanadi. Shuningdek, ishtirokchilarga $1600 miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Nomzodlar o‘zlashtirish ko‘rsatkichi haqida ma’lumot, ikkita tavsiyanoma va boshqa hujjatlarni topshirishi kerak.
Arizalarni joriy yilning 31-yanvarigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘llanmani bu yerdan yuklab olish mumkin.
Avvalroq, Shveytsariyaning “EPFL” fan va texnologiya instituti yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Unda bakalavriatura va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. Amaliyotchilarga $3500 miqdorida stipendiya ajratiladi.