O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi hamkorlik muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.
Direktor Farhod Ibragimov boshchiligidagi delegatsiyasi Singapur Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi “Enterprise SG” tashkiloti vakillari bilan uchrashdi.
“Enterprise SG” vakillari kompaniyaning asosiy vazifalari haqida ta’kidlab, mahalliy startaplarda o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarni ishga olishdan manfaatdorligini bildirdi.
Shuningdek, Singapur startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan “Startup SG” tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda startaplarning ishtiroki muhokama qilindi.
tashkilot mart oyida mamlakat IT sanoati bilan tanishish, IT-kompaniyalar imkoniyatlarini o‘rganish va ma’lum loyihalarni ishga tushirishni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelishi mumkin.
“Enterprise SG” 2018-yilda tashkil etilgan Singapur hukumati Savdo va sanoat vazirligi qoshidagi davlat tashkiloti hisoblanadi.
Avvalroq, mamlakat kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita universitet kampusini ochilishi, xususiy maktab, ko‘p tarmoqli klinika hamda qo‘shma eksport kompaniyalarini tashkil etishga qiziqish bildirgandi.
Shuningdek, davlat rahbari Singapur bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikning beshta asosiy yo‘nalishini belgilab berdi.