“Google” kompaniyasi 12 mingga yaqin xodimini ishdan boʻshatadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Sundar Pichai xabar berdi.

O‘z maktubida u bu qarordan chuqur afsusdaligini va kompaniyaning bunga olib kelgan barcha qadamlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bildirdi.

Qayd etilishicha, kompaniya barcha bo‘linmalaridagi xodimlarni, jumladan, muhandis va menejerlarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu xodimlar umumiy sonining 6%ini tashkil qiladi.

Pichaining ta’kidlashicha, ikki yil davomida “Google” hozirgi iqtisodiy sharoitda boʻlishini kutmasdan, oʻsishni ta’minlash uchun faol ravishda rivojlanib, xodimlarni yollagan.

Endi kompaniya xarajatlarni kamaytirishga e’tibor qaratishi va barcha sa’y-harakatlarini biznes uchun ustuvor boʻlgan sohalarga yoʻnaltirishi kerak boʻladi.

AQShdan ishdan boʻshatilgan xodimlarga allaqachon bildirishnomalar yuborilgan. Bundan keyin kamida 60 kun davomida kompaniya maoshlarni toʻlaydi.

Shu bilan birga, ishdan boʻshatish nafaqasini taklif qilinib, bu 16 ish haftasi va “Google"da ishlagan har bir yil uchun qoʻshimcha ikki hafta uchun pul hisoblanadi.

Bundan tashqari, kompaniya 2022-yilda olinmagan ta’tillar uchun ham pul toʻlaydi va yil davomida olingan bonuslarni taqdim etadi.

Shuningdek, olti oy davomida tibbiy sugʻurtani qoplashda davom etadi va yangi ish topish va immigratsiya masalalarida yordam beradi.

Boshqa mamlakatlarda mahalliy qonunlarning oʻziga xos xususiyatlari tufayli qisqartirish uzoqroq davom etadi. Ishdan boʻshatilgan xodimlar ham qoʻllab-quvvatlash toʻlovlarini olish huquqiga ega boʻladilar.

Boshqa IT kompaniyalari ham moliyaviy muammolar sharoitida xarajatlarni qisqartirishga harakat qilmoqda.

Meta” 11 ming, “Amazon” 18 ming kishini ishdan boʻshatishini e’lon qildi. “Salesforce” 7 ming xodimini, “Twitter” 50%, “Oracle” esa yuzlab xodimini ishdan boʻshatish haqida ma’lum qilgan.


Avvalroq “Spot” “Microsoft” kompaniyasi 11 mingga yaqin xodimini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.